O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, O‘zbekiston–Qirg‘iziston munosabatlarining joriy holati muhokama qilindi hamda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilab olindi.

Tomonlar hamkorlikni konstruktiv va kelajakka yo‘naltirilgan ruhda rivojlantirishga bo‘lgan umumiy sadoqatini yana bir bor tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий