O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

 

16-fevral kuni Dohada O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining 4-davrasi o‘tkazildi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev va Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy boshchilik qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek, yuqori darajadagi tashriflar va muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi borasida fikr almashishdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro savdoni oshirish, shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi. Strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ko‘p tomonlama maydonlarda muvofiqlikni kuchaytirish va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий