O‘zbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Suhbat davomida Qatar bilan birdamlik bildirildi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy hamdardligi yetkazildi.
Shuningdek, suverenitet, hududiy yaxlitlik va kuch ishlatmaslik tamoyillariga qatʼiy rioya qilish muhimligi taʼkidlandi.


