O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Senatori, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat bo‘lajak Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish, ularning mazmunli kun tartibi va kutilayotgan natijalariga bag‘ishlandi. Strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va yaqin kelajakda amaliy hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlar e’tirof etilib, muloqot zamirida o‘zaro ishonch va umumiy anglashuvning mustahkam asosi ekanligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий