O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

 

20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida Pokiston TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifga Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi hamda Pokistonning mazkur jarayondagi faol mediatorlik sa’y-harakatlarini e’tirof etib yo‘llagan maktubi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar muzokaralarning keyingi bosqichlari ham konstruktiv ruhda davom etishi, erishilgan kelishuvlarning samarali amalga oshirilishi esa mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Ikki birodar mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий