O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot davomida Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni saqlash, shuningdek xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilish borasida umumiy pozitsiyalar birligi tasdiqlandi.
Barcha keskinlik va ziddiyatlarni tinchlik va barqarorlik manfaatlaridan kelib chiqib, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga sodiqlik qayd etildi.


