O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

 

2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon Yetakchilarining oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlari hamda muntazam muloqotlari tufayli qardosh mamlakatlar oʻrtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani, siyosiy muloqotlar jadal tus olgani qayd etildi.

Ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda oʻzaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorlik tasdiqlandi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi yaqin muloqotni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий