O‘zbekiston va Oʻmon tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy qoʻllab-quvvatlovi yetkazildi.

Suverenitet va hududiy yaxlitlikka hurmat, shuningdek barcha masalalarni tinch yoʻl bilan hal etish tamoyillariga sodiqlik yana bir bor tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий