O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

 

12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon Savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad bin Musa al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo aloqalarini kengaytirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini atroflicha muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, tomonlar sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyalar sohasida tajriba almashish hamda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama manfaatlarga xizmat qiluvchi aniq tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий