O‘zbekiston va Kuvayt vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo janoblari bilan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Unda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi do‘stona va mustahkam aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda munosabatlarni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqalari o‘rtasidagi ko‘priklarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma sa’y-harakatlar uchun minnatdorchilik bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий