O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Shayx Jarroh As-Saboh bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdi.
Vujudga kelgan murakkab sharoit munosabati bilan Kuvayt xalqi va rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hamdardligi yetkazildi.
Muloqotda Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, shuningdek barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish muhimligi taʼkidlandi.


