O‘zbekiston va Italiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklikning barcha yo‘nalishlari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi. Davlat Rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 2025-yil uchun kun tartibi turli darajadagi tadbirlarga boy ekanligi ta’kidlandi.