O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qilishdi

 

6-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bo‘lajak tadbirlar kun tartibi e’tibor markazida bo‘ldi. O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga urg‘u berildi, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish hamda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish va mintaqaviy barqarorlik hamda farovonlik yo‘lidagi umumiy intilishlar yana bir bor tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий