O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi, barqarorlik hamda xavfsizlikka taʼsiri yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniya rahbariyati va xalqiga qaratilgan samimiy qoʻllab-quvvatlovi va birdamligi yetkazildi.

Barcha yuzaga kelayotgan masalalarni xalqaro huquq normalariga toʻliq rioya qilgan holda, faqat tinch, siyosiy va diplomatik vositalar orqali hal etish tamoyillari yana bir bor tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий