O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlar barcha jabhalarda rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oliy va yuqori darajada bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.


