O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston–Hindiston hamkorligining barcha yo‘nalishlarda ijobiy va jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama formatlarda 2026-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Hindiston aloqalarining kun tartibi yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Yil davomida kutilayotgan ko‘plab istiqbolli natijalar ikki mamlakat xalqlarining manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.


