O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

 

2025-yil 18-sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar jadal va barqaror yuksalib borayotgan  O‘zbekiston - Germaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqildi hamda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan umumiy manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. O‘zbekiston Germaniya bilan konstruktiv sheriklikni chuqurlashtirish tarafdori ekanligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий