O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 23-yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 20-raundi o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov hamda xorij tomoniga Germaniya tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakili Niklas Vagner boshchilik qildi.
Tomonlar Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni puxta va o‘z vaqtida amalga oshirish mexanizmlarini, siyosiy-diplomatik munosabatlarni rivojlantirish, savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida muloqotni chuqurlashtirish jarayoni va istiqbollarini batafsil muhokama qildilar.
Siyosiy maslahatlashuv yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni sifatli bajarish zarurati ta’kidlandi.


