O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

 

23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follert bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий