O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi ziddiyatni yakunlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonining soʻnggi bosqichlari yuzasidan maʼlumot olindi hamda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekistonning mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlarni izchil qoʻllab-quvvatlashi yana bir bor taʼkidlanib, muloqotni davom ettirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston–Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.


