O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

 

12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida mintaqaviy xavfsizlik va dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi, xalqaro huquq normalariga muvofiq, barcha masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий