O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida Yaqin Sharqdagi vaziyat atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari bilan birdamlik bildirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hamdardligi yetkazildi.

Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilgan holda barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish muhimligi taʼkidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий