O‘zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bahrayn rahbariyati va xalqiga yo‘llagan birdamlik so‘zlari yetkazildi.
Mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda xalqaro huquq normalariga qatʼiy amal qilish muhimligi taʼkidlandi.


