O‘zbekiston va AQSH noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda

 

2026-yil 2-iyun kuni noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–AQSH ikki tomonlama ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik hamraislik qildi.

Muzokaralar davomida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, mehnat migratsiyasi masalalari, shuningdek, viza tartib-taomillarini soddalashtirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar ishchi guruh doirasida yo‘lga qo‘yilgan samarali muloqot va amaliy hamkorlikni yuqori baholab, uning ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim o‘rnini alohida qayd etdi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma faoliyat natijalari yuzasidan fikr almashilib, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, xalqaro maydonda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий