O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida Afg‘oniston – Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi hamda vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar barqarorlikni ta’minlash va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishda muloqot asosiy vosita bo‘lib qolishi zarurligini tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий