O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vaziri o‘rinbosari Punya Salila Srivastava bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va yuqori texnologiyali xizmatlar sohalaridagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tartibli tibbiy turizm sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий