O‘zbekiston TIV rahbari Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dar bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida siyosiy va iqtisodiy muloqotni faollashtirish, barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ochiq va o‘zaro ishonchga asoslangan yondashuv orqali barcha sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga tayyorlik qayd etildi. 

Pokistonga tashrif davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligi arafasida amalga oshirilayotgani alohida ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni yanada mustahkamlash ramzi sifatida ko‘chat o‘tqazdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий