O‘zbekiston TIV rahbari Fransiyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini nusxalarini qabul qildi

 

4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ualid Fukdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi mustahkam tarixiy zamin va boy an’analarga ega munosabatlar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga yetgani qayd etildi.

Tomonlar hamkorlik iqtisodiyotdan tortib madaniyatgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab olayotgani, mavjud salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun esa sa’y-harakatlarning yanada birlashtirilishi lozimligini ta’kidladilar.

Vazir elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar va samarali mehnat tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий