O‘zbekiston TIV birinchi o‘rinbosarining IHT Bosh kotibi bilan uchrashuvi to‘g‘risida

 

2026-yil 18-oktabr kuni Bag‘dod shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev IHT Bosh kotibi Ismoil Uld Shayx Ahmad bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning IHT bilan hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda Tashkilot doirasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий