Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2026-yilga moʻljallangan ijtimoiy buyurtma doirasida “Jamoatchilik diplomatiyasi” yoʻnalishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati institutlari uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi

 

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2026-yilga moʻljallangan ijtimoiy buyurtma doirasida “Jamoatchilik diplomatiyasi” yoʻnalishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati institutlari uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi
 

Ustuvor yoʻnalishlar

Roʻyxatdan oʻtgan fuqarolik jamiyati tashkilotlariga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni taqdim etish taklif etiladi:
 

  • Oʻzbekistonning xalqaro imiji va jamoat diplomatiyasi;
  • xorijdagi fuqarolar va vatandoshlar bilan oʻzaro hamkorlik;
  • Oʻzbekiston madaniyati va tarixiy merosini targʻib qilish;
  • iqlim diplomatiyasi, jumladan, Orol dengizi muammosi;
  • diplomatiyada ayollar va yoshlarning ishtiroki;
  • Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va jamiyatlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish;
  • turizm diplomatiyasi;
  • Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlar haqida xalqaro auditoriyani xabardor qilish;
  • raqamli diplomatiya, sunʼiy intellekt va yangi texnologiyalar.
     

Ehtimoliy loyihalar
 

Loyihalarning mohiyati Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan keyinchalik foydalanilishi mumkin boʻlgan aniq axborot, tahliliy, raqamli va boshqa mahsulotlarni yaratishdan iborat.
 

Xususan, loyihalar quyidagilarni nazarda tutishi mumkin:
 

  • Oʻzbekiston haqida ingliz tilida qisqa videoroliklar, podkastlar va raqamli kontentlar yaratish;
  • xorijiy auditoriya uchun infografika va multimedia materiallarini ishlab chiqish;
  • Oʻzbekiston madaniyati va merosini targʻib qilish boʻyicha xalqaro axborot loyihalarini amalga oshirish;
  • Orol dengizi, iqlim, suv masalalari va mintaqaviy hamkorlik boʻyicha ingliz tilida materiallar tayyorlash;
  • zamonaviy Oʻzbekiston haqida raqamli storitelling loyihalarini amalga oshirish;
  • oʻzbek diasporasi ishtirokidagi loyihalar;
  • jamoat diplomatiyasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish.
     

Tanlash mexanizmi

Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
 

  • Oʻzbekiston jamoat diplomatiyasining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi;
  • gʻoyaning oʻziga xosligi va innovatsionligi;
  • xalqaro auditoriyaga yoʻnaltirilganligi;
  • yakuniy mahsulotning aniqligi va sifati;
  • tashkilotning salohiyati va tajribasi;
  • loyiha natijalaridan keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan foydalanish imkoniyati;
  • hududiy muvozanat (tanlovda viloyatlar va hududlar boʻyicha muvozanat hisobga olinadi).

Ariza beruvchining xalqaro hamkorlar va xorijiy fuqarolik jamiyati tashkilotlari, universitetlar, ekspertlar hamjamiyatlari, ommaviy axborot vositalari, yoshlar tashkilotlari yoki vatandoshlar uyushmalari bilan aloqalari mavjudligi qoʻshimcha ustunlik berishi mumkin.
 

Byudjet
 

Loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan umumiy mablagʻ miqdori 50 mln soʻmgacha.
 

Ushbu mablagʻ quyidagicha taqsimlanadi:

  • 5 ta loyiha;
  • har bir loyiha uchun 10 million soʻmgacha.
     

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:
 

– belgilangan shakldagi arizani barcha zarur hujjatlar bilan birga toʻldirish (ariza shakli havolasini koʻrsatish);

– hajmi 2–3 sahifadan oshmagan loyiha taklifini elektron shaklda masʼul shaxsning elektron pochtasiga yuborish;

– tanlov natijalariga koʻra Tashqi ishlar vazirligi uchun yakuniy taqdimot oʻtkazish.
 

Anketani toʻldirish havolasi

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfGDp9PlzC03ZlScYU4JmQs9VJYOALfgz3So4QMf_biAcDFHw/viewform?usp=dialog

Arizalarni topshirish muddati

25-sentyabrdan 5-oktyabrgacha (shu kuni ham).

Bogʻlanish uchun masʼul shaxs

Asiya Raxmatkariyeva

a.rahmatkariyeva@mfa.uz

Telefon: 71 202-68-30 (kommutator), 1209 (ichki raqam)

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий