O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Ashxobodga tashrifi to‘g‘risida

 

Ashxobod, 26-27 mart – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib, u yerda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi vazirlarining 20-yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilish Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy intilishini yana bir bor tasdiqladi. Uchrashuv davomida barqaror rivojlanishga ko‘maklashish va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan muhim mavzular muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimiz delegatsiyasini qabul qildi. Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi mustahkam rishtalar va o‘zaro ishonch barcha sohalardagi strategik sheriklikni mustahkamlashda poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Uchrashuvda har ikki davlat ham hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, o‘zaro farovonlik va mintaqaviy barqarorlikka hissa qo‘shish tarafdori ekanligi tasdiqlandi.

Ikki tomonlama muzokaralar doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. Muhokamalar ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning baarcha mavzularini qamrab olgan keng koʻlamli boʻldi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Ikkala tomon ham turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganib chiqdilar, iqtisodiy va diplomatik aloqalarni kengaytirish bo‘yicha umumiy qarashlarni ta’kidladilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий