O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

 

2025-yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda O‘zbekiston va Vengriya Rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilib, strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solish lozimligiga urg‘u berildi. Bundan tashqari, mintaqaviy va global chaqiriqlarni hal etish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlanib, ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий