O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Urugvay elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

2024-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Urugvayning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Daniyel Kastillos Gomesni qabul qildi. Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirliklari, parlamentlar va boshqa idoralar o‘rtasida faolroq muloqotni rivojlantirishga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarini yanada jadallashtirish yangi imkoniyatlar eshigini ochishi va bundan barcha manfaatdorligi qayd etildi. Vazir elchining O‘zbekistondagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.