O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokistonning bir qator vazirliklari rahbari bilan uchrashdi

 

2024-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon, xususiylashtirish vaziri Abdul Alim Xon, Milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqot vaziri Rana Tanvir Husayn hamda Pokiston temir yo‘llari raisi Sayid Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi. Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, hududlararo sheriklik munosabatlarini faollashtirish, transport, logistika, investitsiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 2-3-may kunlari boʻlib oʻtgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida Pokistonning yirik kompaniyalari ishtirok etgani va samarali uchrashuvlar o‘tkazgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий