O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi “Shayx Abdulla an-Nuriy” xayriya tashkiloti direktori bilan uchrashdi
2025-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Kuvaytda “Shayx Abdulla an-Nuriy” xayriya tashkiloti menejeri Abdullatif az Zafiriy bilan uchrashdi.
Tomonlar 2025-yil 28-apreldan 6-mayga qadar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan Al-Amal xalqaro jarrohlik guruhining (HOPE) insonparvarlik missiyasiga tayyorgarlikni muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalar, jumladan, Toshkent shahrida yetim bolalar uchun maktab yoki qariyalar shifoxonasi qurish, zarur ijtimoiy infratuzilmaga ega “kichik qishloq” namunasini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Al-Zafiriy ikki davlat o‘rtasida ijtimoiy loyihalar sohasida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.