O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyasiyaning Qatar Davlatiga tashrifi yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Qatar Davlatining poytaxti Doha shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Baxromjon A’loyev Qatar Taraqqiyot jamg‘armasi (QFFD) bosh direktori Fahad Al-Sulayti hamda “Al Jabor Trading” kompaniyasi asoschisi shayx Navof bin Jabr Al-Tani bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.


