O‘zbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari haqida

 

18-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin rahbarlik qildilar.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibning dolzarb mavulari muhokama qilindi.

Shuningdek, MDH, ShHT, BMT va “Markaziy Osiyo – Rossiya” formati doirasida ko‘p tomonlama tuzilmalar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий