O‘zbekiston delegatsiyasining Vengriya, Serbiya va Xorvatiyadagi uchrashuvlari yakunlari yuzasidan

 

2025-yilning 17-21-fevral kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Vengriya, Serbiya va Xorvatiyaning bir qator davlat organlari, shuningdek, yirik rekruting kompaniyalari hamda ushbu mamlakatlarda ishlayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muhokamalarning asosiy mavzulari mehnat migratsiyasi, bandlik, viza tartib-qoidalarini soddalashtirish va ta’lim dasturlari integratsiyasi bo‘ldi.

Muzokaralar chogʻida migratsiya, readmissiya va mobillik boʻyicha hukumatlararo kelishuvni birgalikda ishlab chiqish, Oʻzbekiston fuqarolariga mehnat vizalari berish tartibini soddalashtirishga koʻmaklashish va oʻzbekistonlik mutaxassislarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb etish boʻyicha birgalikda chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif natijasiga ko’ra, mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalar mustahkamlanib, hamkorlikning keyingi qadamlari belgilab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий