O‘zbekiston delegatsiyasining Tatariston Respublikasining yetakchi korxonalariga tashrifi
14-iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Volgabo‘yi federal okrugiga xizmat safari doirasida viloyatning yetakchi korxonalari - “Tatlift” MChJ, “Baxetle” MChJ va “Zelenaya dacha” MChJga tashrif buyurdi.
Xizmat safari davomida mazkur korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Qo‘shimcha bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.
Shuningdek, barcha korxonalarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlar tashkil etildi. Muloqot davomida ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Ularning bir qismi bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi va tegishli tushuntirishlar berildi.