Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

 

2026-yil 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik ittifoqchilikka asoslangan munosabatlar Davlatlarimiz Rahbarlari belgilab bergan yuksak darajadagi muloqot tufayli misli koʻrilmagan surʼatlarda rivojlanayotgani qayd etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi.

Tomonlar barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash yo‘lida qo‘shma sa’y-harakatlarning muhimligini, shuningdek, o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligini alohida ta’kidlashdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий