Ozarbayjon elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий