O‘mon tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va Oʻmon chuqur tarixiy merosga ega boʻlib, islom sivilizatsiyasiga katta hissa qoʻshgan. Ikki davlat barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash tarafdorlari ekanliklarini ta’kidlashdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish va aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qancha tashabbuslar boʻyicha fikr almashildi.

Shuningdek, vazirlar joriy yilning may oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Ko‘rfaz hamkorlik kengashi – Markaziy Osiyo” strategik muloqoti Davlat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlikni ko‘rib chiqishdi. Kelgusidagi kun tartibi turli darajadagi aloqalarga boy boʻlib, koʻproq oʻzaro almashinuvlarni targʻib qilishga qaratilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий