OHICHK Bosh kotibi bilan uchrashuv haqida

 

2025-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va OHICHK o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Osiyo mintaqasida savdo-iqtisodiy, transport-logistika aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan OHICHK mexanizmlarini faollashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan, OHICHK faoliyatini takomillashtirish va uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий