Navbatdagi sayyor qabullar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan joriy yilning 14 – 16-aprel kunlari Farg‘ona, Andijon, Namangan, Navoiy va Buxoro viloyatlarida navbatdagi “sayyor qabul”lar tashkil etildi.
 
Sayyor qabullar davomida aholi tomonidan ijtimoiy, huquqiy va migratsiya sohalariga oid turli masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. 

Xususan, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish tartib-taomillari, chet elda murakkab vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, xorijiy davlatlarning vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni Vatanga qaytarish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Murojaatlarning salmoqli qismi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, idoralararo hamkorlikni talab etadigan masalalar esa alohida nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий