Mo‘g‘uliston va Filippin Respublikasining O‘zbekistondagi faxriy konsuli bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

12-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Mo‘g‘uliston va Filippinning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Bexbat Sodnom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, ushbu mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda o‘zaro savdo hajmini kengaytirish maqsadida Mo‘g‘uliston va Filippinning yetakchi kompaniyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий