“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqotining ikkinchi sammitini yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini TIV huzurida akkreditatsiya qilish boshlanganini maʼlum qilamiz

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2025 yil
5 may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqotining ikkinchi sammitini yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlanganini maʼlum qiladi.

Sammitni yoritishda ishtirok etishni istagan chet el OAV vakillari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari shart:

1) OAV rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga o‘z muxbirini (muxbirlarini) akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi murojaatnomasi;

2) OAV haqida maʼlumot;

3) tarjimai hol (rezyume / CV);

4) pasport nusxasi;

5) fotosurat (tomonlarn nisbati 3x4, maksimal o‘lchamlari 600x800 piksel, minimal - 240x320 piksel, yuz to‘liq ko‘ringan, oq fonda);

6) to‘ldirilgan so‘rovnoma.

Xorijiy OAV vakillarining arizalari 2025 yil 24 aprel Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining GCC2025@mfa.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek zarur maʼlumotlarsiz va to‘ldirilgan so‘rovnomasiz arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga press@mfa.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий