“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha yuqori mansabdor shaxslarning yig‘ilishi Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi

 

2026-yil 31-iyul kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” davlat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasidagi yuqori mansabdor shaxslarning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasining Ostonadagi Elchisi ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov boshchilik qildi.

Tomonlar bo‘lajak sammit dasturi va kun tartibining mazmuniy jihatlari bo‘yicha yondashuvlarni kelishib oldi.

Shuningdek, ishtirokchilar Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollarini muhokama qilib, umumiy manfaatlarga javob beradigan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

Tadbir doirasida Mirvohid Azimov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chun I Xe bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Koreya hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, oliy va yuqori darajalarda rejalashtirilgan tadbirlar jadvali muhokama qilindi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий