Lombardiya gubernatori bilan uchrashuv

 

11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lombardiya gubernatori Attilio Fontana bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning yangi imkoniyatlari ochilayotgani, O‘zbekiston va Lombardiya o‘rtasidagi aloqalari ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin muloqot va yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar tufayli mustahkamlanayotgani ta’kidlandi. Ushbu strategik sheriklik munosabatlari savdo, innovatsiyalar, ishlab chiqarish, sanoat va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun qulay zamin yaratmoqda.

Uchrashuvda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yuqori texnologiyalar va raqamli transformatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, madaniy almashinuv va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Lombardiya o‘rtasidagi munosabatlar mintaqaviy va xalqaro miqyosda barqaror rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий