Litvaning “TVG Group” xalqaro transport kompaniyasi direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

Qonuniy va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish hamda uning yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Litvaning xalqaro transport kompaniyasi direktori “TVG Group” Albertas Sitavichus bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Litvada tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun professional haydovchilarni tayyorlash, shuningdek, noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda belgilangan yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.


