Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

26-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Taurimas Valys bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar bog‘liqliklarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ishbilarmon delegatsiyalarning faol almashuvini kuchaytirish, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий